Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Siyosatdagi yoşlar” intellektual turniri taşkil etildi.
Turnir yoşlarning siyosiy bilim va könikmalarini oşiriş, siyosiy jarayonlardagi faolligini qöllab-quvvatlaş hamda siyosiy-huquqiy savodxonligini sinovdan ötkaziş maqsadida ötkazildi. Iştirokçilar ikki şart böyiça özaro bellaşdi.
“Tezkor savol-javob” şartida jamoalar davlat boşqaruvi va siyosiy jarayonlarga oid savollarga tezkor hamda aniq javob beriş orqali bilim va tez fikrlaş qobiliyatini namoyiş etdi. “Mulohaza va mantiqiy tahlil” şartida esa jamoa sardorlari hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan savollarni tanlab, öz jamoalari bilan birgalikda javob topiş böyiça bellaşdi.
Turnir yakunlariga köra, “Liderlar” jamoasi birinçi, “Magistrlar” jamoasi ikkinçi, “Kelajak yoşlari” jamoasi uçinçi örinni egalladi. Ğoliblar Özbekiston XDP Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida partiya safiga yangi qabul qilingan yoşlarga a’zolik guvohnomalari topşirildi.
Özbekiston XDP yoşlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, ularning ijtimoiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirişni muhim vazifalardan biri deb biladi. Bunday intellektual bellaşuvlar yoşlarning davlat boşqaruvi va siyosiy jarayonlarga oid bilimlarini mustahkamlaş, öz fikrini asoslab beriş hamda jamoada işlaş könikmalarini namoyon etişi uçun imkoniyat yaratadi.