Xalq deputatlari Qorovulbozor tuman Kengaşidagi Özbekiston XDP deputati G. Narziyeva hamda kotibiyat boş mutaxassisi S. Bekhaydarova tumandagi 7-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holatini örgandi.
Örganiş davomida isitiş qozonlari va boşqa uskunalarning texnik holati, guruh va yotoqxonalar, maşğulot xonalarining issiqlik bilan ta’minlanganligi, şuningdek, elektr hamda yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilişi közdan keçirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegişli tavsiya va körsatmalar berilib, kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş hamda isitiş tizimining mavsum davomida barqaror işlaşini ta’minlaş zarurligi qayd etildi.
Özbekiston XDP bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlaş, ta’lim-tarbiya muassasalarida munosib şaroit yaratiş masalalariga ijtimoiy siyosatning muhim yönalişi sifatida qaraydi. Şu bois maktabgaça ta’lim taşkilotlarida mavjud şaroitlar, jumladan, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holatini örganiş deputatlik nazoratining muhim jihatlaridan biridir.