Toşkent viloyatida kuz-qiş mavsumiga masalalari muhokama qilindi

 

Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Toşkent viloyat Kengaşi taşabbusi bilan kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, aholini uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvi va kömir bilan ta’minlaş, şuningdek, kommunal infratuzilmadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş masalalariga bağişlangan amaliy seminar taşkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari deputatlari, kommunal sohaga mas’ul taşkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.

Seminarda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik faqat texnik va taşkiliy tadbirlarni amalga oşiriş bilan çeklanmasligi, eng avvalo, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir körsatadigan kommunal xizmatlar sifati va barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan bölişi lozimligi ta’kidlandi.

Partiya deputatlari tomonidan Toşkent viloyatida ötkazilgan örganişlar ham sohada muayyan işlar amalga oşirilgani bilan birga, ayrim yönalişlarda yeçimini kutayotgan muammolar saqlanib qolayotganini körsatdi.

Jumladan, köp qavatli uy-joylarni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş doirasida viloyat böyiça 242 ta uyning tom qismi, 538 ta kiriş yölagi, 368 ta elektr şiti hamda 118 ta yertöladagi muhandislik tarmoqlari ta’mirlanib, mavsumga şay holatga keltirilgan. Gaz ta’minoti yönalişida viloyatda gaz quvurlari ta’mirlangan, markazlaşgan 2 ta qozonxonada mukammal, yana 17 ta qozonxonada joriy ta’mirlaş işlari bajarilgan.

Biroq kömir ta’minoti böyiça örganişlar qator hududlarda muammolar mavjudligini körsatgan. Xususan, örganiş ötkazilgan vaqtda viloyat böyiça kömir bilan ta’minlaniş darajasi atigi 53 foizni taşkil etgan. Ayrim tumanlarda bu körsatkiç yanada past bölgan, masalan, Böka tumanida 34 foiz, Piskent tumanida 42 foiz, Parkent tumanida esa 44 foizni taşkil etgan.

Bu raqamlar, ayniqsa, markazlaşgan isitiş tizimi mavjud bölmagan hududlarda yaşovçi aholi va ijtimoiy soha obyektlarini kömir bilan öz vaqtida ta’minlaş masalasiga alohida e’tibor qaratiş zarurligini körsatadi.

Seminar davomida uşbu muammolarning sabablari, ularni bartaraf etiş mexanizmlari mas’ul idoralar vakillari bilan atrofliça muhokama qilindi.

Amaliy seminar yakunida kommunal xizmatlar sifatini oşiriş, aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni joyida örganiş, aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul taşkilotlarga deputatlik sörovlari kiritiş va ularning ijrosini nazorat qiliş böyiça ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish