Uy-joy xaridida işonç va kafolat — ustuvor maqsad
Uy-joy xaridida işonç va kafolat — ustuvor maqsad

 

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yaqinda bölib ötgan majlisida köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida qurişga oid qonun loyihasi deputatlar tomonidan qizğin muhokama qilinib, qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Qonun loyihasini takomillaştiriş jarayonida asosiy e’tibor fuqarolarning manfaatlariga qaratildi. Birinçi öqişda konseptual jihatdan ma’qullangan hujjat ikkinçi öqişga tayyorlaniş jarayonida atrofliça körib çiqildi.

Bunda deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, ijtimoiy tarmoqlarda kötarilgan muammolar, fuqarolarning murojaatlari, quruvçilar va developerlar bilan ötkazilgan uçraşuvlarda bildirilgan takliflar çuqur örganildi. Şuningdek, 16 ta vazirlik va idora bilan muhokamalar ötkazilib, xalqaro ekspertlarning takliflari ham inobatga olindi. Natijada qonun loyihasiga bir qator muhim özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Birinçidan, uluşli iştirok etiş şartnomalarini huquqiy jihatdan yanada mustahkamlaş maqsadida har bir şartnoma hamda unga kiritiladigan qöşimça kelişuvlarni notarial tartibda tasdiqlaş talabi belgilandi. Bu fuqarolarning şartnomaviy munosabatlardagi huquqiy himoyasini kuçaytirişga xizmat qiladi.

Ikkinçidan, qurib bitkazilgan xonadonlar maydonining şartnomada körsatilgan maydondan farq qilişi bilan boğliq e’tirozlar inobatga olindi. Şu maqsadda qonun loyihasining 34-moddasiga özgartiş kiritilib, uluşli quriliş obyekti maydonining şartnomada belgilangan maydondan ruxsat etilgan özgariş darajasini beş foizgaça belgilaş hamda loyiha hujjatlaridagi “jiddiy özgariş”ni muayyan foiz bilan çeklaşga oid qoidalar çiqarib taşlandi.

Uçinçidan, quriliş işlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlaş, obyektlarni öz vaqtida yakunlaş va xonadonlarni uluşdorlarga topşirişda keçikişlarning oldini oliş maqsadida moliyalaştiriş tartibi takomillaştirildi. Unga köra, quriliş qiymatining kamida 70 foizi bank krediti, köpi bilan 30 foizi esa quruvçining öz mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi nazarda tutildi.

Törtinçidan, fuqarolarning mablağlarini qonunda belgilangan şakl va tartibdan taşqari usullarda jalb qiliş yoki şartnomani davlat röyxatidan ötkazmaslik holatlari uçun javobgarlik belgilanmoqda. Bu esa quriliş sohasida qonuniylik va intizomni ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega.

Beşinçidan, yangi tartiblarning amaldagi quriliş loyihalariga ta’siri ham e’tibordan çetda qolmadi. Qurilişi boşlangan obyektlarning töxtab qolişining oldini oliş maqsadida 79-moddaga tegişli ötiş normasi kiritildi. Unga muvofiq, yangi mexanizmlar qonun kuçga kirganidan keyin qurilişiga ruxsat olingan obyektlarga nisbatan tatbiq etilişi belgilandi.

 

Şokirjon Ahmedov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,
Özbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish