Talabalar bilan siyosiy-huquqiy mavzularda davra suhbati ötkazildi

 

Özbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda Toşkent Fan va texnologiyalar universiteti hamkorligida talaba-yoşlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaşga qaratilgan “Siyosatçi yoşlar” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Uçraşuvda Özbekiston XDPning ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini ta’minlaş borasidagi siyosiy pozitsiyasi haqida söz yuritildi. Şuningdek, yoşlarning ta’lim olişi, kasbiy rivojlanişi va jamiyat hayotida munosib örin egallaşi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş masalalariga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida yoşlarning mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va siyosiy jarayonlardagi iştirokini kengaytiriş, ularning fikr va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yetakçilik salohiyatini rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi. Oçiq muloqotda talabalar öz takliflarini bildiriş, partiya faoliyati va uning dasturiy maqsadlari yuzasidan savollar beriş imkoniga ega böldi.

Özbekiston XDP yoşlarni mamlakat taraqqiyotiga daxldor, öz qaraşlari va taşabbuslariga ega faol ijtimoiy kuç sifatida köradi. Şu bois ularning manfaatlarini himoya qiliş, siyosiy jarayonlardagi iştirokini kengaytiriş va taşabbuslarini röyobga çiqariş partiya faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.

Bunday uçraşuvlar partiya va oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, talaba-yoşlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oşiriş hamda faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish