Parkentda 120 nafar bola boğça ta’miri yakunlanişini kutmoqda

 

Parkent tumanidagi Fayzobod mahallasida joylaşgan 19-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotida quriliş-ta’mirlaş işlari belgilangan muddatda yakunlanmagani sababli 120 nafar bola boğçaga qatnay olmayapti.

1961-yilda qurilgan, 120 örinli mazkur boğçada ta’mirlaş işlari avgust oyi boşida «Taşabbusli budjet» doirasida ajratilgan 1,6 milliard söm mablağ hisobidan boşlangan. Biroq oradan qariyb tört oy ötgan bölsa-da, işlar hanuz yakuniga yetkazilmagan.

Xalq deputatlari Toşkent viloyat Kengaşidagi Özbekiston XDP deputati Muhsiddin Nizomiddinov mahalla yettiligi va ota-onalar vakillaridan iborat işçi guruh bilan birgalikda quriliş jarayonini joyiga çiqib örgandi. Örganiş davomida bajarilişi lozim bölgan işlar, quriliş sifati va mavjud kamçiliklar yuzasidan masalalar aniqlandi.

Mas’ul taşkilotlar oldiga quriliş-ta’mirlaş işlarini jadallaştiriş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişini ta’minlaş hamda binoni bolalar uçun xavfsiz va qulay holatga keltiriş vazifasi qöyildi.

Özbekiston XDP bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olişi, maktabgaça ta’lim taşkilotlarida xavfsiz va munosib şaroit yaratilişini muhim ijtimoiy vazifa deb biladi. Şu nuqtai nazardan, boğça ta’mirining öz vaqtida va sifatli yakunlanişi nafaqat quriliş jarayoni, balki 120 nafar bolaning ta’lim-tarbiya jarayoniga qaytişi va ota-onalarning xotirjamligi bilan ham bevosita boğliq.

Mazkur masala deputatlik va jamoatçilik nazoratida qoladi. Quriliş işlari yakunlanişi hamda aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilişi yuzasidan örganişlar davom ettiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish