O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning o‘z vaqtida va sifatli bo‘lishiga aholida e’tibor qaratilgan. Jumladan, dasturda kasallikni barvaqt aniqlash orqali uning salbiy oqibatlarini yumshatishga erishish maqsadida aholini ko‘rikdan o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish choralari ko‘rilishi belgilangan.
Shunga asosan partiya ish rejasiga muvofiq, hududlarda aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida tibbiy ko‘rik aksiyalari o‘tkazilmoqda.
Navoiy shahridagi Ma’rifat bog‘ida ham shunday aksiya tashkil etildi. Unda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, Pulmonologiya markazi, Yuqumli kasalliklar shifoxonasi mutaxassislari, Bolalar ko‘p tarmoqli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari aholi vakillarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Ochiq formatdagi aksiya jarayonida yuzlab yurtdoshlarimiz turli yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tib, sog‘ligida muammo aniqlangan fuqarolarimizga bepul davolanish uchun yo‘llanma va zarur tavsiyalar berildi.