Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 6-son ko‘p tarmoqli maktab-internatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi.
O‘rganish Prezidentning 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish doirasida O‘zbekiston XDP Navoiy viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Baxtiyor Toshev tomonidan olib borildi.
Jarayonda maktab-internatda ta’lim olayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi hamda zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish O‘zbekiston XDPning ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyatida muhim o‘rin tutadi.