zhamoatchilik-qabulhonasi

Shovot tumanida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlayapti? (video)
O‘zXDP Shovot tuman kengashi xodimlari, partiya faollari, ishchi guruhi bilan birgalikda tumanidagi sog‘likni saqlash tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha turdagi tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandi...

Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida Surxondaryo viloyat hamda Denov tuman kengashlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi...

Murojaatga e’tiborsiz qarashga hech kimning haqqi yo‘q
Odamlar muhtojlikdan, qaysidir joyda huquqlari poymol qilinganidan najot so‘rab, katta umid bilan murojaat qiladi. Buning ortida ko‘p hollarda inson taqdiri turadi yoki bo‘lmasa hududdagi yuzlab, minglab insonlarni qiynayotgan muammo turadi. Shuning uchun muammolarga, murojaatlarga barmoq orasidan qarashga hech kimning haqqi yo‘q...

«Yoshlar korrupsiyaga qarshi» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Sh. Ermatov Prezidentning «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida uchrashuv o‘tkazdi...

Deputat mahallada
O‘zXDP Boyovut tuman kengashi deputati O. Isanov tomonidan Boyovut tumanida jamoatchilik nazorati doirasida tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hamda ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish olib borildi...

Hududlardagi avtovokzallar va avtostansiyalar zamonaviy talablarga javob bermasligi haqidagi savolga vazir qanday javob berdi? (video)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan “Hukumat soati”da XDP fraksiyasi a’zosi O‘rol O‘rozboyev hududlarda mavjud avtovokzallar va avtostansiyalar zamonaviy talablarga javob bermasligini, bu mamlakatimizning turistik imkoniyatlariga salbiy ta’sir qilishini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, ayni paytda hududlarda zamonaviy avtovokzallar va avtostansiyalarni qurish hamda ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani bo‘yicha vazirlikdan izoh so‘radi...

Imkoniyat va qulayliklar hamma hududlarda bo‘lishi kerak (video)
“Hukumat soati”da XDP fraksiyasi a’zosi Maqsuda Vorisova nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transportlariga qulay va xavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar o‘rnatish belgilangani, lekin mazkur yo‘nalishda yetarlicha amaliy ishlar ko‘rinmayotganini ta’kidladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlari haqida savol berdi...

Oliygohlarda navbat bilan ta’til berishni taklif qilindimi? (video)
Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ direktori Sharofiddin Qodirov deputat savoliga javob berdi...

Ishchi guruh jamoatchilik nazoratini o‘tkazdi
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov boshchiligidagi deputatlar, mahalla raislari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi vakillari, veterinariya bo‘limi xodimlari va boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruh jamoatchilik nazoratini o‘tkazdi...

Infografika: Yoshlar bilan ishlash borasida noyabr oyi davomida amalga oshirilgan ishlar