Andijonda “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Andijon viloyati va Baliqchi tuman kengashlari tomonidan “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri tashkil etildi.

Unda tumandagi maktablarning o‘qituvchilari, viloyat va tuman kengashlari deputatlari, Baliqchi tuman kengashi “Yoshlar qanoti” rahbari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Turnir yoshlarning siyosiy-ijtimoiy va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratildi. Ishtirokchilar besh jamoaga bo‘linib, ikki bosqichda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Zukkolar” jamoasi 1-o‘rinni, “Kelajak yoshlari” jamoasi 2-o‘rinni, “Bilimdonlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblar partiyaning diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish