“Dilorom” mahallasidagi 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston XDP Paxtakor tuman kengashi raisi Z. Andayeva hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan “Dilorom” MFY hududidagi 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasada bir qator kamchilik va muammoli holatlar aniqlandi. Ularni bartaraf etish, muassasada tartib-intizomni yaxshilash, obodonlashtirish hamda bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosi nazoratga olindi.