Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Dastlab deputatlar Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksni tasdiqlaş böyiça qonun loyihasini körib çiqişdi.
Qayd etilişiça, qonun loyihasi fuqarolar va taşkilotlarning buzilgan yoki nizoli bölgan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş bilan boğliq ma’muriy işlarni sudda körib çiqiş va hal etiş tartibini belgilaydi. Bundan taşqari, maxsus huquqiy tartib joriy etilgan hududlarda bunday işlar alohida qoidalar asosida ixtisoslaşgan sud tomonidan körib çiqilişi nazarda tutilgan.
Muhokamalardan söng fraksiya a’zolari tomonidan qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda körib çiqilib, qöllab-quvvatlandi.
Yiğiliş davomida bojxona va taşqi savdo tartibotlarini yanada soddalaştirişga qaratilgan qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama qilindi.
Taşabbuskorlarga köra, qonun loyihasi bojxona bilan boğliq ayrim jarayonlarni fuqarolar va tadbirkorlar uçun yengillaştirişga xizmat qiladi.
Masalan, xorijdan kelgan fuqaro öz avtomobilini Özbekistonda avvalgidek 90 kun emas, 180 kungaça saqlaşi va foydalanişi mumkin böladi. Tovar olib kirgan tadbirkor esa bojxona tölovini amalga oşiriş uçun avvalgi 60 kun örniga, 120 kungaça vaqt oladi. Bu unga tovarini sotiş, tuşum oliş va şundan keyin tölovni amalga oşiriş uçun köproq imkoniyat beradi.
Şu bilan birga, tölovlarni keçiktirişda hisoblanadigan foizlar tartibi qayta körib çiqiladi, öz majburiyatlarini halol bajarib kelayotgan tadbirkorlar uçun kafolat summalari kamaytiriladi.
Muhokamalar jarayonida qonun loyihasi yuzasidan deputatlarimiz ayrim aniqlaştiruvçi savollar bilan taşabbuskorlarga yuzlandi.
Xususan, fraksiyamiz a’zosi Şokirjon Ahmedov taqdim etilayotgan qonun loyihasida bojxona sohasidagi qonunçilik talablarini buzganlik uçun moliyaviy jarimalarni qöllaş bilan boğliq 7-moddada aynan qanday holatlarda, qay tartibda va qança miqdorda ma’muriy javobgarlik belgilanişi böyiça batafsil ma’lumot berilişini söradi.
Yana bir deputatimiz Imomnazar Tursunov esa amaldagi qonunçilikka kiritilayotgan bunday özgartirişlar bojxona sohasidagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olişda qanday qöşimça qulayliklar yaratişi yuzasidan aniqlaştiruvçi savol berdi.
Qizğin bahs-munozaralardan keyin qonun loyihasi bildirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, konseptual jihatdan qöllab-quvvatlandi.
Şu bilan birga, yiğilişda fraksiyamiz taşabbusiga asosan mas’ul qömita bilan hamkorlikda xorijdagi vatandoşlar va diasporalar bilan aloqalarni rivojlantiriş masalasi yuzasidan Taşqi işlar vaziriga parlament sörovi yuboriş taklifi ham ma’qullandi.
Yakunda kun tartibidagi masalalar böyiça Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlaridan kelib çiqib, tegişli qarorlar qabul qilindi.