Partiya yangiliklari

ShHT siyosiy partiyalar forumida O‘zXDP vakili ishtirok etdi
Joriy yilning 22 – 27-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasida Shanxay hamkorlik tashkilotining siyosiy partiyalari forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston XDP raisi o‘rinbosari Firdavs Sharipov ham ushbu anjumanda ishtirok etdi. U partiya dasturiy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi tajriba hamda hamkorlik istiqbollari haqida ma’ruza qildi...
O‘zbekiston XDP raisi o‘rinbosari Firdavs Sharipov ham ushbu anjumanda ishtirok etdi. U partiya dasturiy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi tajriba hamda hamkorlik istiqbollari haqida ma’ruza qildi...

O‘zXDP fraksiyasi qonun loyihasining konsepsiyasiga qat’iy qarshi chiqdi
Bugungi O‘zXDP fraksiyasi yig‘ilishida O‘zLiDeP fraksiyasining bir guruh a’zolari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan Mehnat kodeksiga xususiy sektor uchun belgilangan ijtimoiy majburiyatlarni soddalashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi...

Ishchi guruh Samarqandda keng qamrovli o‘rganish o‘tkazdi
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya a’zolaridan iborat ishchi guruh Samarqandda keng qamrovli o‘rganishlar olib bordi...

Deputat Guliston tumanida tibbiyot va ta’lim sohalarini o‘rgandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Zuhra Shodiyeva Sirdaryo viloyatida bo‘lib Guliston tumanida joylashgan “Chortoq” Oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi...

Yoshlar parlamentiga nomzodlarni saralash bosqichi yakuniga yetdi
O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashida Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saralash bosqichi tashkil etildi. Unda poytaxtimizning faol, tashabbuskor va ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yoshlari ishtirok etdi...

Aholining turmush tarzi o‘rganildi
Hududlardagi aholi, ularning yashash tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlar ijrosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Shermatov tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarning eng asosiy mazmunini tashkil etdi...

Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Zokirjon Zohidov tuman markazidan olis bo‘lgan hududda joylashgan “Mehnatobod” MFYdagi 49-DMTM muassasasida bo‘ldi...

“Intellektual olimpiada” g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan “Intellektual olimpiada” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi...

Deputat hududlardagi aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolarni o‘rgandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan «Terakzor» mahallasida bo‘ldi. Deputat hududda aholini qiynayotgan bir qator muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi...

Lolazorliklar bandlik, ichimlik suvi va elektr energiyasi yetkazib berishdagi muammolarini deputatga bildirdi
O‘zXDP Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov va tegishli mas’ullar ishtirokida tumanning «Lolazor» mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiyasi yetkazib berilishini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi...

Ijtimoiy himoya masalalari e’tiborda
Yakkasaroy tumanidagi “Bog‘saroy” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari va partiya vakillarining navbatdagi manzilli amaliy o‘rganishi tashkil etildi...

Yoshlar parlamentiga nomzodlarni saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining barcha viloyat kengashlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti nizomiga muvofiq, hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi...

Deputat avtovokzal tashkil etilishiga hissa qo‘shdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Shokirjon Axmedov Yozyovon tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ijtimoiy masalalarni o‘rganmoqda...

Deputat maktabgacha ta’lim tashkilotida uchrashuv o‘tkazdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Iba Narizova Navoiy viloyati Konimex tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tashkilot xodimlari bilan amaliy muloqot o‘tkazdi...

“Imkoniyati cheksiz ayollar” forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida hamkor tashkilotlar bilan birga “Imkoniyati cheksiz ayollar” keng qamrovli forumini o‘tkazdi...

Deputat mahallada muloqot o‘tkazib, murojaatlarni qabul qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov o‘z saylov okrugida Koson tumanidagi «Esaboy» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazdi...

Samarqandda sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar o‘rganilmoqda
Partiya Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova, boshqarma boshlig‘i Mavjuda Hasanova, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari a’zolari Samarqand viloyatida keng qamrovli ijtimoiy o‘rganish ishlarini olib bormoqda...

Tibbiyot muassasalari o‘rganildi
Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova Olmaliq shahar Tug‘uruq kompleksi hamda Ikkinchi oilaviy poliklinikada bo‘ldi...

Qonunlarda ijtimoiy himoya masalasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 15 ta qonun loyihasi muhokamadan o‘tkazildi. Odatga muvofiq quyi palata fraksiyalarida loyihalarni muhokama qilish bir kun oldin fraksiya yig‘ilishlarida boshlagan edi. Bu gal ham fraksiyalar yig‘ilishlari bahs-munozaralar, taklif va tashabbuslarga boy bo‘ldi...

Iqtisodiy tebranishlar sharoitida to‘g‘ri va maqbul yechimlar kerak
Jahon iqtisodiyotidagi keskin o‘zgarishlar, tashqi xatarlar va global raqobat sharoitida erkin biznesni rivojlantirish eng to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi. Shu ma’noda tadbirkorlarning qonuniy faoliyati uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ular duch kelayotgan muammolarga uzil-kesil barham berish, turli byurokratik va korrupsion to‘siqlarning oldini olish darkor. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyatga ega...