Xalq deputatlari Olot tuman Kengaşidagi Özbekiston XDP deputati, tuman hokimi N. Nematova Piçoqçi mahallasida kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş va oilalar daromadini oşiriş borasidagi işlarni örgandi.
Örganiş davomida hokim yordamçisi va ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga körsatilayotgan xizmatlar, mahalla içki yöllarining holati hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolar körib çiqildi.
Ma’lumotlarga köra, mahallada 786 dan ortiq oila istiqomat qiladi. Ularning 23 tasi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, 9 nafar fuqaro esa davlat tomonidan tayinlangan nafaqa va moddiy yordam bilan ta’minlangan.
Örganiş jarayonida kambağallikni qisqartirişda moddiy kömak bilan birga, oilalar uçun doimiy daromad manbalarini yaratiş, işsiz fuqarolarni kasb-hunarga örgatiş va bandligini ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi. Şuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli işlaş, ularning muammolarini individual örganiş va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oşiriş zarurligi qayd etildi.
Özbekiston XDP kambağallikni qisqartirişda aholining doimiy daromadga ega bölişi, bandlik imkoniyatlarini kengaytiriş va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaşni muhim vazifa deb biladi. Şu bois mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni örganiş va mavjud muammolarga manzilli yeçim topiş alohida ahamiyatga ega.
Örganiş yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, aholi murojaatlari asosida tegişli çoralarni belgilaş hamda mas’ul xodimlar faoliyati samaradorligini oşiriş yuzasidan vazifalar belgilandi.