Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Irina Tokareva Shayxontohur tumanidagi 19-umumta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, obyekt holati, belgilangan ishlarning bajarilish jarayonini o‘rgandi hamda o‘quvchilarni munosib va xavfsiz o‘qish sharoitlari bilan ta’minlashga oid masalalarni mas’ul shaxslar bilan muhokama qildi.
115-umumtalim maktabida esa muassasa oshxonasi va tibbiyot punkti faoliyati, ovqatlanishning sifatli tashkil etilishi, o‘quvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlari bilan tanishdi. Maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish va turli kasblar bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar ham o‘rganildi.
Jarayonda deputatimiz tumanidagi 412-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish va ovqatlanishni tashkil etish jarayonlari bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi va bolalar uchun xavfsiz muhit ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Parlament nazorati – bu, avvalo, joylarda bevosita muloqot, farzandlarimiz o‘qiydigan sharoitlarga e’tibor va ularning kelajagi uchun har kuni mehnat qilayotganlarni qo‘llab-quvvatlashdir.