Buxoroda 100 dan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi Kogon tumanida aholi va elektorat vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida ijtimoiy himoya, bandlik va ish bilan ta’minlash, uy-joy va kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, moddiy yordam, pensiya va nafaqalar, shuningdek, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 100 dan ortiq murojaat o‘rganildi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida har bir fuqaro ko‘targan masalaga alohida yondashilib, muammolarni manzilli o‘rganish va amaliy yechim topishga e’tibor qaratildi. 50 ga yaqin murojaat hamkor tashkilotlar mutasaddilari bilan birga joyida hal etildi.