Yo‘llarni ta’mirlash masalasida deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashidagi deputatimiz Usmon Qo‘qonov “Bobur” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘ktazdi. Muloqotda aholi vakillari hududdagi O‘rikli va Ma’rifat ko‘chalarining yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarni aytib o‘tishdi.
Deputat masalani joyiga chiqib o‘rganganda mazkur ko‘chalarda asfalt qoplamasi mavjud emasligi, shu sababdan fuqarolar va transport vositalari harakatida jiddiy noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.
Natijada deputatimiz mas’ul tashkilotlarga so‘rov yuborib, ko‘chalarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni asfaltlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli manzilli dasturlar asosida ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar belgilanishi lozimligini ma’lum qildi.