Deputatlik soʻrovi natijasida bolalar maydonchasi yangilandi

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashidagi deputatimiz M. Raxmatillayeva Shayxontohur tumani “Olim Xoʻjayev” mahallasida joylashgan 241-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalar maydonchasini toʻliq taʼmirlash lozimligi bo‘yicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yuborgan deputatlik soʻrovi amalda ijrosini topdi.
Deputatlik so‘rovi natijasida 241-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalar maydonchasi toʻliq taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Yangilangan maydonchada bolalarning xavfsizligi va qulayligini taʼminlash maqsadida zamonaviy sunʼiy gazon qoplamasi, yangi oʻyin jihozlari oʻrnatilib bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishi va jismoniy rivojlanishi uchun xavfsiz, zamonaviy oʻyin muhiti yaratildi.

← Roʻyxatga qaytish