O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Raxmonov boshchiligida, SEOM, Elektr tarmoqlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining tuman bo‘limi hamda sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari ishtirokidagi ishchi guruh Sh.Rashidov tumanidagi 20– va 22-son maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rgandi.
O‘rganish davomida ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar, oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan talablar asosida saqlash uchun muzlatkichlar yetishmasligi, shuningdek, suv qudug‘i atrofi tegishli tartibda o‘ralmagani aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur masalalar ijrosi nazoratga olindi.