O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, “Ochiq budjet” tanlovida g‘olib bo‘lmagan, lekin, aholining kundalik hayoti va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun zarur bo‘lgan loyihalarni aniqlash hamda ularga mablag‘ ajratish bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatlariga berilgan vakolatlar doirasida deputatimiz A.Nurmatov tashabbusi bilan viloyatning Izboskan tumanidagi “Solboshi” mahallasining “Sholikor”, “Sangzor”, “Oyjamol” ko‘chalari to‘liq asfaltlandi.
A.Nurmatov O‘zbekiston XDP Andijon viloyati Kengashi xodimlari bilan ushbu mahallada bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi va mahalla aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hudud aholisi ushbu ko‘chalarda amalga oshirilgan ishlardan xursand ekanliklarini bildirdilar.