Deputat tomonidan birlamchi tibbiy yordam muassasasi faoliyati o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Iba Narizova Navbahor tumanidagi “Keskanterak” mahallasida yangi tashkil etilgan 8-son oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy laboratoriya xonalari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilgan onlayn navbat tizimi hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasida aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, raqamli xizmatlardan samarali foydalanish hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish