Yoshlar ishtirokida siyosiy intellektual turnir o‘tkazildi

 

Yoshlarda davlat boshqaruvi, qonunchilik, parlament faoliyati, saylov tizimi va fuqarolik jamiyati institutlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish va sog‘lom siyosiy raqobat muhitini shakllantirish maqsadida namanganlik faol yoshlarni birlashtirgan “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.

2 ta shart asosida tashkil etilgan mazkur turnirda 36 nafar yoshlar 6 ta jamoa tarkibida ishtirok etdilar. Bellashuv jarayonlari qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘z fikrlarini asosli dalillar bilan himoya qildilar, siyosiy atamalar va real hayotiy vaziyatlarga oid savollarga javob berdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalar xolis va adolatli baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Vavilona” jamoasi turnir g‘olibi bo‘ldi. “Ibtido” jamoasi II va “Urfon” jamoasi III o‘ringa munosib ko‘rildi.

“Siyosatdagi yoshlar” turniri Namangan yoshlari uchun bilim, tajriba va siyosiy tafakkur maydoniga aylandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish