Deputatning sa’yi-harakati bilan ko‘prik yangidan quriladigan bo‘ldi
Partiyamiz Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi deputati Alisher Xalilov “Ozod” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi hududda joylashgan eski ko‘prikning nosozligi, ayniqsa kuz-qish mavsumida bu muammoga aylanishini ma’lum qilishdi.
Deputat darhol tuman mutasaddilari va mas’ul idoralari bilan bog‘lanib mavjud vaziyatni muhokama qildi. Natijada ko‘prik yangidan qurilishi va aholiga qulay muhit yaratilishiga kelishib olindi.