Bolalar salomatligi va xavfsizligi — deputat nazoratida

 

Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Saida Sharipova tumandagi 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida oshxona, guruh xonalari, tibbiyot hamshirasi faoliyati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni baholash va maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish