Özbekiston Xalq demokratik partiyasi taşabbusi bilan Farğona viloyatida «Tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati — davlat kafolatlari va aholi manfaatlari» mavzusida ilmiy-amaliy forum taşkil etildi.
Unda hududlarda birlamçi tibbiy yordam sifati, tuman va qişloqlardagi mavjud muammolar hamda davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning amaldagi ijrosi atrofliça tahlil qilindi.
Forumda sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş har bir fuqaro uçun teng va oçiq bölişi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari manfaatlarini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, tibbiyot tizimidagi mavjud muammolarni aniqlaş va ularga amaliy yeçim topiş zarurligi ta’kidlandi.
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi uçun sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati — ijtimoiy adolat va davlatning aholi oldidagi muhim kafolatlaridan biridir. Tibbiy xizmat sifati va undan foydalaniş imkoniyati fuqarolarning yaşaş joyi yoki ijtimoiy holatiga boğliq bölmasligi kerak. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar uçun zarur tibbiy yordamning oçiqligi va kafolatlangan xizmatlarning amalda ta’minlanişi muhim ahamiyatga ega.
Forumning asosiy e’tibori ham inson qadri, aholi salomatligi va har bir fuqaro uçun munosib tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaş masalalariga qaratildi.