Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Anvarjon Nurmatov Andijon viloyatining Xonobod şahrida bölib, şahar Kengaşi deputatlari bilan qonunçilikdagi yangiliklar, deputatlik nazorati va partiya deputatlik guruhlari faolligini oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Şuningdek, “Len’s tekstile” tikuvçilik korxonasida xotin-qizlar, jumladan, nogironligi bölgan ayollar uçun yaratilgan mehnat şaroitlari bilan tanişib, korxona mutasaddilari va işçi-xodimlari bilan işlab çiqarişni rivojlantiriş masalalari yuzasidan suhbatlaşdi.
Örganişlar davomida şahar markaziy şifoxonasida tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, elektron navbat tizimining qulayliklari va sohaga oid qonunçilikdagi yangiliklar yuzasidan fikr almaşdi.
Jarayonda deputatimiz “Yaşil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan “Adolat boği”da köçat ekiş tadbirida ham iştirok etdi.
Mazkur işlar Özbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan aholi bandligini ta’minlaş, ijtimoiy himoyani kuçaytiriş va sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş kabi maqsadlarga hamohangdir.