Deputat taklifi asosida ko‘cha infratuzilmasi yaxshilandi

 

Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Z. O‘zbekova tomonidan Kosiblar mahallasidagi «Yangi O‘zbekiston» massivi Yakkabog‘ ko‘chasining holati o‘rganilib, uni asfaltlash zarurati aniqlangan edi.

Deputat ushbu masala yuzasidan tuman Kengashiga taklif kiritdi. Natijada ko‘chani asfaltlash ishlari xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturga kiritildi.

Bugungi kunda qaror ijrosi ta’minlanib, Yakkabog‘ ko‘chasi asfaltlandi.

Bu kabi ishlar aholi murojaatlari va hududdagi muammolarni o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar kiritish hamda qarorlar ijrosini deputatlik nazorati orqali kuzatib borish muhimligini ko‘rsatadi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish