200 nafarda ortiq ayollar bandligini ta’minlagan korxonada o‘rganish olib borildi

Partiyamiz Andijon tuman kengashi mas’ullari 200 nafardan ortiq ayollar bandligini ta’minlagan “AL-ARD” MCHJ ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, u yerda mehnat faoliyatini yuritayotgan xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishishdi.
Korxonada ishlayotgan ayollar ish beruvchilardan mamnun ekanliklarini, maoshlari vaqtida berilayotganini ta’kidlashdi.
Bundan tashqari xodimlar korxona mutasaddilari tomonidan bayramlar arafasida bepul oziq-ovqat mahsulotlari, sovg‘a-salomlar tarqatilishini, qulay va zamonaviy mehnat sharoitlari yaratilganini aytib o‘tishdi.
O‘rganish yakunida Xalq demokratik partiyasi safiga kirish istagini bildirgan bir guruh ayollar partiyamiz safiga qabul qilindi.