Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati deputatlik nazoratida

 

O‘zbekiston XDP Yakkasaroy tuman kengashi raisi Sh. Sharipova hamda xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, tarbiyachilar faoliyati hamda ota-onalardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi. Shuningdek, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.

Partiya deputatlari maktabgacha ta’lim tizimida bolalar manfaatlari, sifatli ta’lim-tarbiya va munosib sharoitlar ta’minlanishiga qaratilgan jamoatchilik va deputatlik nazoratini davom ettiradi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish