Bugungi dunyo qator tahlikali jarayonlar bilan keçayotgan, çuqur transformatsiya davrini boşdan keçirmoqda. Xalqaro keskinlik tobora kuçayib, tizimli iqtisodiy inqiroz belgilari namoyon bölmoqda. Bunday şaroitda Özbekistonda “Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida islohotlar izçil amalga oşirilmoqda.
Davlat rahbarining mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişidagi nutqi va mas’ullar oldiga belgilab bergan topşiriqlaridan kelib çiqib, mazkur sohada yangi bosqiç boşlanayotganini ta’kidlaş mumkin.
Yangi Özbekiston taraqqiyoti haqida söz borganda, eng avvalo, inson kapitali, sifatli kasbiy salohiyat va inson manfaatlarini ta’minlaş masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimizning “Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!” deb ta’kidlagan sözlari va mas’ullar oldiga belgilab bergan vazifalari sohadagi islohotlarning asosiy mazmunini ifoda etadi.
Jahon mehnat bozorida malakali kadrlarga talab ortib borayotgan bir şaroitda yurtdoşlarimizni oddiy işçi kuçi sifatida emas, balki zamonaviy kasb-hunarni egallagan, xorijiy tillarni biladigan va munosib daromad topa oladigan mutaxassislar sifatida tayyorlaş muhim ahamiyatga ega.
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma kelgani, ammo atigi 2 ming kişi işga joylaştirilgani mavjud imkoniyatlardan töliq foydalanilmayotganini körsatadi. Bu esa xorijiy mehnat bozorlarini çuqur örganiş, iş beruvçilar talabini aniqlaş va fuqarolarni maqsadli tayyorlaş tizimini takomillaştiriş zarurligini anglatadi. Texnikumlarda kasb bilan birga xorijiy tillarni örgatiş, ta’lim muassasalarini xorijiy iş beruvçilar talablariga moslaştiriş va tadbirkorlarni kadrlar tayyorlaş jarayoniga jalb qiliş taşabbuslari muhim ahamiyatga ega.
Yiğilişda har bir hududda migratsiya markazlarini taşkil etiş, nemis tilini örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş va texnikumlarni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş böyiça belgilangan vazifalar ta’limning amaliy natijadorligini oşirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, xorijda mehnat qilayotgan har bir yurtdoşimiz davlat himoyasida bölişi yuzasidan belgilangan vazifalar alohida ahamiyatga ega.
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi nuqtai nazaridan “Onlayn mahalla” platformasi orqali murojaatlarni qabul qiliş, elçixonalarning huquqiy yordam körsatiş mas’uliyatini oşiriş, xorijdagi mehnat stajini tan oliş va pensiya huquqlarini ta’minlaş kabi taşabbuslar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Prezident tomonidan elçilar, hokimlar, Migratsiya agentligi, texnikumlar va xususiy bandlik agentliklari oldiga aniq vazifalar qöyildi. Endi asosiy masala — uşbu topşiriqlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini ta’minlaşdir. Bunda parlament va jamoatçilik tomonidan ajratilayotgan mablağlarning maqsadli sarflanişini nazorat qiliş, işga joylaştirilgan fuqarolarning mehnat şaroitlarini örganiş, agentliklar, elçixonalar va hududlar faoliyatining real holatini aniqlaş, fuqarolarning murojaatlari va muammolarini tizimli tahlil qiliş muhimdir. Bu mexanizmlar sohadagi islohotlarning qoğozdagi vazifalardan amaliy natijalarga aylanişini ta’minlaydi.
Xalq vakili sifatida uşbu yiğilişda mehnat migratsiyasi sohasida belgilangan vazifalarni qöllab-quvvatlayman. Çunki uşbu islohotlar inson qadrini yuksaltiriş, aholi daromadini oşiriş, yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş va mamlakatimizning xalqaro mehnat bozoridagi mavqeini mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.
Mehnat migratsiyasining asosiy maqsadi — fuqaroni xorijga işga yuboriş emas, balki uning mehnati qadrlanadigan, huquqlari himoya qilinadigan va oilasi farovon hayot keçiradigan şaroitni yaratişdir.
Zero, xorijda mehnat qilayotgan har bir yurtdoşimiz ortida uning oilasi, farzandlari va kelajakka bölgan umidlari bor. Davlatning vazifasi esa har bir fuqaro qayerda bölişidan qat’iy nazar, öz Vatani himoyasi va qöllab-quvvatlaşini his qilib yaşaşini ta’minlaşdan iborat.
Anvarjon Nurmatov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
Özbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.