Joriy yil 1-noyabr kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi taşkil topganiga 35 yil tölişi munosabati bilan partiya Markaziy Kengaşida tantanali tadbir taşkil etildi.
Unda ötgan yillar davomida partiyamiz mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida munosib örin egallagani, ijtimoiy davlat tamoyillarini qaror toptiriş hamda demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etiş jarayonlariga salmoqli hissa qöşib kelayotgani ta’kidlandi.
ÖzXDP Markaziy Kengaşi raisi U.Inoyatov 35 yillik tarix kelajak taraqqiyoti uçun mustahkam poydevor, boy siyosiy tajriba va ulkan mas’uliyat maktabi ekanini qayd etdi. Öz ğoya va qadriyatlarimizga sodiq, zamon talablari bilan hamnafas bölib, xalq bilan muloqotni yanada kuçaytiriş, inson qadrini uluğlaş, imkoniyatlar tengligini ta’minlaş yölidagi sa’y-harakatlar qat’iyat bilan davom ettiriş lozimligi bildirildi.
Tadbirlar davomida partiya taraqqiyotiga qöşgan munosib hissasi, köp yillik fidokorona mehnati uçun bir guruh faxriy va faollarga «Özbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori» kökrak nişoni tantanali ravişda topşirildi. Uşbu e’tirof partiyaning şakllanişi va rivojlanişida öz mehnati, bilim va tajribasi bilan iz qoldirgan, şuningdek, bugungi ijtimoiy-siyosiy maydonda partiya ğoyalarini keng jamoatçilikka yetkazişda munosib hissa qöşayotganlarga yuksak hurmat ifodasi böldi.
Oçiq muloqot tarzidagi tadbirda faxriylar özlari mehnat qilgan yillarni yodga olib, jamoa bilan hamjihatlikda amalga oşirilgan taşabbuslar va erişilgan natijalar haqida sözlab, yangi yoş avlod kadrlariga tavsiyaviy nasihatlarini berişdi. Faxriylar va yoşlar örtasida doimiy muloqotni yanada izçil yölga qöyişga kelişib olindi.