ÖzXDP fraksiyasi: Xalqqa yengillik beradigan takliflar qöllab-quvvatlandi

 

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda tadbirkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, hududlarga investitsiya jalb etiş va zamonaviy texnologiyalarni hayotga tatbiq qilişga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.

Loyihalarda taklif etilayotgan me’yorlarning aniqligi, qonunçilikdagi boşqa normalar bilan uyğunligi hamda fuqarolar va tadbirkorlar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişiga alohida e’tibor qaratildi.

Dastlab deputatlarimiz yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqdilar.

Oddiy qilib aytganda, mazkur qonun loyihasi öz işini yölga qöygan, lekin faoliyatini kengaytiriş uçun qöşimça texnika, uskuna yoki transport vositasiga ehtiyoj sezayotgan tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişni nazarda tutadi. Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar ham lizingdan foydalanişda yuridik şaxslar kabi huquqqa ega bölişlari mumkin.

Jarayonda taşabbuskorlar va mas’ul qömita a’zolari tomonidan tuşuntirişlar berilganidan söng, fraksiya a’zolari loyihaning ayrim örinlarini takomillaştirişga oid takliflarni ilgari surişdi.

Xususan, deputat Şokirjon Ahmedov va Odiljon Iminov qonun loyihasining 7-moddasida közda tutilgan lizing obyektini hisobga oliş va röyxatdan ötkaziş tartibini belgilovçi huquqiy me’yorlar qonun loyihasining boşqa qismlarida ham takrorlanayotganini, şu bois unga tahririy tuzatişlar kiritiş lozimligini ta’kidlaşdi.

Bundan taşqari, uşbu moddaning birinçi va ikkinçi qismlarini alohida emas, balki bitta xatboşida birlaştirib, tahririy jihatdan takomillaştirilgan holda bayon etiş ham taklif etildi.

Yiğiliş davomida deputatlar migratsiya va personallaştiriş bölinmalari faoliyatiga oid qonun loyihasini ham birinçi öqişda körib çiqdilar.

Qonun loyihasida esa çet el fuqarolari, şuningdek, ularni Özbekiston Respublikasiga taklif etgan yoki qabul qiluvçi jismoniy va yuridik şaxslarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tasdiqnomani Içki işlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallaştiriş departamenti va uning hududiy boşqarmalari tomonidan berilişi böyiça davlat xizmati körsatilişi nazarda tutilmoqda.

Bir söz bilan aytganda, yangi tartib çet eldan kelib Özbekistonda işlamoqçi bölgan fuqarolarga ham, ularni taklif qilayotgan iş beruvçilarga ham qulaylik yaratadi. Eng muhimi, mehnat qiliş uçun ruxsat oliş jarayoni yanada soddalaşadi.

Deputatlarimiz yuqoridagilarni inobatga olgan holda qonun loyihasini konseptual jihatdan qöllab-quvvatlaşdi.

Şuningdek, yiğilişda hududlarda çet el investitsiya loyihalarini jalb etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida Özbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining parlament söroviga javobi eşitildi hamda tegişli qömitaning Raqamli texnologiyalar vazirining sun’iy intellektni rivojlantiriş, uni muhim sohalarga keng joriy etiş hamda belgilangan loyihalarning amalga oşirilişi yuzasidan axborotini eşitiş töğrisidagi taklifi ma’qullandi.

Yakunda kun tartibidagi masalalar böyiça Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlaridan kelib çiqib tegişli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish