Qorovulbozorda ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi
Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashi deputati G. Narziyeva va kotibiyat bosh mutaxassisi S. Bekhaydarova «Bo‘zachi» mahallasidagi suv inshooti faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida inshootning texnik holati, ichimlik suvi sifati, ta’minot uzilishlarining oldini olish choralari ko‘zdan kechirildi. Inshootda suvni tozalash uchun uch bosqichli filtrlash tizimi hamda 40 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatilgani qayd etildi.
O‘rganishda aholiga sifatli ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish va inshootning barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.