Yangi o‘quv yili bilan qutlaymiz!
Yangi o‘quv yili bilan qutlaymiz!

 

Bugun yurtimizda Yangi o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi. Respublika bo‘yicha 11 ming 178 umumta’lim maktabida Bilimlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazildi. Ularda jami 5,8 million nafar o‘quvchi, jumladan, birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolalarning ota-onalari birgalikda ishtirok etdi.

Yanada quvonarlisi, joriy yilda birinchi sinfga 800 ming nafardan ortiq o‘quvchi qadam qo‘ydi.

Qadrli ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchi va talabalar!

Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ ayyomi hamda qalblarimizga cheksiz quvonch va yangi orzu-umidlar bag‘ishlab kirib kelgan qutlug‘ va mas’uliyatli davr — Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomidan chin qalbdan muborakbod etaman.

Yangi o‘quv yilini Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ulug‘vor qadamlar va xalqimizning ijtimoiy farovonligini yuksaltirishga qaratilgan strategik o‘zgarishlar muhitida kutib olayapmiz.

Xalq demokratik partiyasi inson kapitalini rivojlantirishni, har bir fuqaro uchun sifatli va bepul ta’lim olish imkoniyatini yaratishni ijtimoiy davlatning eng ustuvor vazifasi, deb biladi. Ta’limga kiritilgan investitsiya jamiyatning kelajagiga, uning barqaror taraqqiyotiga qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir.

Bugun faqatgina chuqur bilim, zamonaviy kasb-hunar va yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yoshlargina hayotda o‘z munosib o‘rnini topa oladi. Aziz o‘g‘il-qizlarimiz yangi o‘quv yilida utsozlarini, ota-onalarini quvontiradigan yutuq va natijalarga erishishiga tilakdoshmiz!

Yangi o‘quv yili qutlug‘ va sermahsul bo‘lsin!

 

Ulug‘bek Inoyatov,

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish