Jondor tumanida “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida intellektual bellashuv o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyati Jondor tuman kengashi hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Ma’naviyat markazida “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida navbatdagi intellektual bellashuv tashkil etildi.

Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan bellashuvda 7 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuv 2 ta shart asosida o‘tkazilib, jamoalar siyosat, huquq, jamiyat hayoti hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga oid savollar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Zangi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish