Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida

 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashidagi O‘zXDP deputati Nozigul Jo‘rayevaning navbatdagi sayyor qabuli Kogon tumanining O‘rtacho‘l mahallasi hududida o‘tkazildi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy va maishiy masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir murojaatni tinglab, masalalarning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish imkoniyatlarini o‘rgandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar va mas’ul mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

Shuningdek, murojaatlarni qonuniy va adolatli hal etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish