O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aholi, ayniqsa xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini o‘rganishga qaratilgan loyihalari kundan-kunga samarali yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyati Navbahor tumani Markaziy kutubxonasida faol xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, sog‘lig‘ini mustahkamlash, oilalarda ma’naviy muhitni yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, ayollarni qiziqtirgan qator masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.