Deputat “bolalar bog‘chasi”da oziq-ovqat xavfsizligiga rioya etilish holatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashidagi O‘zXDP deputati Jahongir Madaminov tomonidan tumandagi 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi, ularning saqlanish holati hamda bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tashkilotda bolalarning sog‘lom ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti tizimi hamda bu boradagi ishlarning tashkil etilishi o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.