Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Odiljon Eminov xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 10-At-Termiziy saylov okrugida bo‘lib, “O‘zbekiston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Unda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolari bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan joriy yil boshida ishsiz bo‘lgan 34 nafar xotin-qizdan bugungi kunda atigi 4 nafari ish bilan ta’minlanmagani ma’lum qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan manzilli yordamlar hamda mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Mahallaning bugungi kunda “yashil hudud” sifatida e’tirof etilayotgani qayd etildi.

Muloqot yakunida aholi farovonligini yanada oshirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish