Maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Anvarxon Temirov Kosonsoy tumanida bo‘lib, o‘rganishlar olib bordi.

O‘rganishlar davomida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida yong‘in, elektr, sanitariya hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati tahlil qilindi.

Jarayon doirasida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati bilan mavjud holat muhokama qilinib, bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari joyiga chiqib o‘rganildi hamda maxsus savolnoma asosida tahlillar olib borildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash rejalashtirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish