Taxiatoshda “Ko‘rish baxti” loyihasi o‘tkazildi

 

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tashabbusi bilan malakali ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan “Ko‘rish baxti” loyihasi doirasida tuman aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Unda turli ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va oldini olish nazarda tutilgan bo‘lib, malakali oftalmoxirurg va oftametrik hamshiralar ishtirokida aholiga samarali tekshiruv natijalari taqdim etildi. Loyiha davomida 150 nafardan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda ularga shifokorlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbirda tuman Kengashi deputatlari va partiya guruhi a’zolari ham ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish