“G‘afur G‘ulom” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda Bog‘zor ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan muhim va dolzarb masala – tomorqa yerlarini sug‘orish uchun zarur bo‘lgan maxsus oqava suv ariqlari mavjud emasligi, mazkur holat aholining turmush tarzi va kundalik hayotida turli noqulayliklarni keltirib chiqarayotganligi haqli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Muammoga jiddiy e’tibor qaratgan Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashi deputati M. Suyarov tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yubordi. Unda hududdagi sug‘orish tizimini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, zamonaviy beton ariqlar yotqizish va tizimni tartibga solish bo‘yicha aniq rejalar hamda muddatlarni taqdim etish so‘ralgan.
Mas’ullar ushbu masalaga jiddiy yondashib, 10 kun muddat ichida asoslantirilgan javob taqdim etishlari kerak.