Keng qamrovli o‘rganish olib borildi

 

Jarqo‘rg‘on tuman Kengashidagi deputatlarimiz Ch.Yusupov va A.Toshpo‘latov tumandagi “Oltintepa” mahallasida bo‘lib, yangi qurilgan oilaviy shifokorlik punkti va 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Dastavval, mahallada yangi barpo etilgan shifokorlik punktining faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ushbu muassasaning kunlik quvvati 200 dan ortiq aholiga sifatli va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Binoning jihozlanishi va dori-darmon ta’minoti deputatlar tomonidan ijobiy baholandi. Shu o‘rinda shifokor hamda hamshira shtatlari yetarlicha emasligi aniqlanib, bu yuzasidan mas’ul idoralarga kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hududdagi Oltintepa ko‘chasining 1 kilometr qismi ta’mirtalabligi yuzasidan mas’ul rahbarlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Deputatlar mahalladagi tubdan yangilash ishlari olib borilayotgan 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini ham ko‘zdan kechirishdi. Hozirda eski binolarni buzish va maydonni tayyorlash jarayoni ketmoqda.

Ma’lumot uchun: Mazkur obyekt to‘liq qayta qurilgach qamrov 2 baravarga oshadi. Deputatlar qurilishning sifatli va belgilangan loyiha asosida olib borilishi yuzasidan doimiy nazorat olib borishga qaror qilishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish