Aholi murojaati yechim topdi
Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashidagi deputatimiz Mohira Xolmirzayevaga “Ezgulik” mahallasi aholisidan murojaat kelib tushgan edi.
Deputat murojaatni o‘rganganida mahallaning “Sokinlik” ko‘chasini shag‘allashtirishga zarurat borligiga amin bo‘ldi. Xalq vakili bu masalada Tuman obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yubordi.
Mas’ul idora deputatlik so‘roviga ijobiy javob berdi. Natijada “Sokinlik” ko‘chasida 2 km yo‘l shag‘allashtirildi. Bugungi kunda yo‘l ravon va tekis holatga keltirilib, aholi uchun qulay sharoit yaratildi.