Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari, partiya Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov boshchiligida deputatlar va partiya mas’ullaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlarga kirishdi.
O‘rganishlarda jumladan,
– Nogironlar va Koʼzi ojizlar jamiyatlarining hududiy boʼlinmalari;
– Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boʼlinmalari hamda “Inson” markazlari;
– “Nuroniy” jamgʼarmasi hududiy boʼlinmalari;
– davlat taʼlim muassasalari, Mehribonlik uylari;
– aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, migratsiya masalalariga masʼul tashkilotlar;
– Muruvvat va Saxovat uylari,
– partiyaning hududiy tashkilotlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularga yechim topish maqsad qilingan.