O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi hamda Iqtisodiyot va pedagogika universiteti hamkorligida talaba-yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning ijtimoiy faolligi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi.
Unda partiya kengashi mas’ullari, deputatlar, ustozlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ikki bosqichda tashkil etilgan turnirda ishtirokchilar Konstitutsiya va qonunchilik asoslari, parlament va mahalliy Kengashlar faoliyati, davlat islohotlari va ijtimoiy siyosat, siyosiy atamalar hamda tarixiy voqealarga oid savollar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Turnir yakunida iqtidorli va siyosatga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar aniqlandi. G‘olib jamoalar O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, hududiy boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan partiyaga qabul qilingan bir guruh yoshlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.