Qarshi tuman Kengashi deputatlari tumandagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlanish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamda Oliy biznes va tadbirkorlik maktabi joylarda o‘quvlar tashkil etmoqda. Shu haftadan tumanimizning Chaman va Bog‘obod mahallalarida istiqomat qiluvchi 20 nafar xotin-qiz tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rganish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qishni boshlagan.
Shuningdek, Poshton mahallasidagi 20 nafar xotin-qizlar ayni kunlarda tikuvchilik yo‘nalishidagi o‘quv kursini tamomlab, maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishgan.
Ko‘rib turganimizdek, Qarshi tumanida ayollar bandligini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bunda xotin-qizlarning jamiyatda faolligini oshirish, ularga munosib shariotlar yaratib berish maqsad qilingan.