Qiziltepada ayollar onkologik kasalliklar bo‘yicha profilaktikadan o‘tkazildi

 

Navoiy viloyati Qiziltepa tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi 12-oilaviy shifokorlik punktida ayollar o‘rtasida saraton kasalligining oldini olishga qaratilgan salomatlik aksiyasi tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda asosan 30, 40 va 50 yoshdagi ayollar ishtirok etdi. Tadbir doirasida tibbiy ko‘riklar, maslahatlar va ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilib, ayollarga onkologik kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shunday tashabbuslar jamiyatimizdagi ayollar salomatligini asrash, kasalliklarni erta tashxislash va ularning xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish