Andijonda “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi
O‘zXDP Andijon viloyat kengashi tomonidan “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlar o‘zlarining g‘oya va tashabbuslarini taqdim etdi va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z fikrlarini aytdi. Jumladan, Fayziobod MFY yoshlar yetakchisi Boburbek Sotvoldiyev partiya bilan hamkorlikda “O‘zXDP kubogi” sport musobaqalarini o‘tkazishni taklif qildi.
Tadbirdan maqsad yoshlarning ijtimoiy g‘oyalariga ishonch bildirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish orqali yoshlar faolligini oshirishdan iborat.