O‘quvchilarning uzog‘i yaqin bo‘ldi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Sanobar Xo‘jamurotovaga "Ayoqchi" MFYda yashovchi aholi tomonidan Salomatlik ko‘chasiga SHPS aralashmasini yotqizish masalasida murojaat kelib tushgan edi.

Holatni borib o‘rgangan deputat foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan “Salomatlik” ko‘chasiga SHPS aralashmasi yotqizish masalasida mas’ul idoralarga murojaat qilgan.

Deputat va mas’ul idoralar hamkorligida ko‘chaga SHPS aralashmasi yotqizildi. Aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘lning ta’mirlanishi mahalla uchun juda muhim bo‘lgan. Sababi, bungacha hududdagi o‘quvchilar yog‘ingarchilik mavsumida maktabga borish uchun aylanma yo‘llardan foydalangan. Kunning ikkinchi qismida o‘qiydigan o‘quvchilar uyga qorong‘uda qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Natijada kechki paytlari ota-onalar farzandlaridan xavotir olib ko‘chaga chiqib o‘tirishgan. Yo‘lning ta’mirlanishi natijasida masofa 1,5 kmga qisqargan.

Bu xayrli ish o‘quvchilarning uzog‘ini yaqin qilib, ota-onalar ko‘ngliga xotirjamlik olib keldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish